Atigi besh bor boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan futbolchi birdan “Barsa”ga o‘tmoqchi

“Chelsi” yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Talksport nashrining xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi “Barselona”ning nazariga tushdi.

Qizig‘i shundaki, “Chelsi”dagi faoliyati davomida atigi besh marotaba boshlang‘ich tarkibga kiritilgan futbolchining o‘zi ham darrov “Barselona”ga o‘tishga tayyor.

Manbalarga ko‘ra, kataloniyaliklar bu o‘yinchini ancha oldin – “Aston Villa”da o‘ynab yurgan davrdan kuzatuvga olgan ekan. O‘shanda “Barsa” skautlari futbolchining agentlari bilan muzokara o‘tkazgan.

Xavi Ernandes 2022 yilning yozida Karni Chukvuemekaning transferiga rozilik bergan ekan. Biroq “Chelsi” bu yarim himoyachi uchun 18 million evro to‘lab, transferni o‘z foydasiga hal qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!