"Australian Open". Jokovich yarim final uchrashuvini o‘tkazdi

  • 18 fevral, 2021, 18:19
  • 0
  • Tennis

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" chempionatining yakkalik bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda turnirning birinchi tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi Novak Jokovich final yo‘lida katta qiyinchilikka duch kelmadi.

Rossiyalik Aslan Karatsevga qarshi kortga chiqqan serbiyalik 3 setda raqibini taslim etdi. Tajribali Novak sensatsiya evaziga shu erga qadar etib kelgan Karatsevni 6:3, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi finalchi nomi ertaga, Daniil Medvedev hamda Stefanos Tsitsipas o‘rtasidagi yarim final uchrashuvida aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!