Azarning Anchelottidan xafsalasi pir bo‘ldi

  • 16 fevral, 2023, 18:02
  • 0
  • Futbol

“Real”ning eng qimmatbaho futbolchilaridan hisoblangan Eden Azarning jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan munosabati yaxshi emas.

Ispaniyalik jurnalist Mario Kortexana belgiyalik futbolchi keyingi payida italiyalik mutaxassis bilan deyarli muloqot qilmayotgani haqida xabar tarqatdi. Manbaning ma’lum qilishicha, agentlar Edenning Karlo Anchelottidan xafsalasi pir bo‘lganini ta’kidlagan.

Oldinroq, Eden jamoa bosh murabbiyi joriy mavsumda unga o‘zini ko‘rsatishi uchun ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni va’da qilganini aytgan edi. Amalda esa, Azar Ispaniya chempionatida atigi 98 daqiqa harakat qildi.

Vaziyatni kuzatib borayotgan ekspertlar Eden Azar  mavsum tugashi bilan jamoasini o‘zgartirib, AQSh chempionatiga yo‘l olishi mumkinligini bildirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!