Azarning maqsadi ma’lum bo‘ldi

  • 8 mart, 2023, 17:36
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi hujumchisi Eden Azar amaldagi shartnomasi yakuniga qadar jamoada qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, fevral oyida 32 yoshli futbolchi "Real" prezidenti Florentino Peresga jamoada qolish istagini aytgan. Xabarlarga ko‘ra, belgiyalik futbolchi boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Azar 2019 yilning yozida "Chelsi"dan 115 million evro evaziga "qirollik klubi"ga o‘tgan edi. O‘shandan beri futbolchi "qaymoqranglilar" safida 73 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Tajribali vinger "Transfermarkt" portali tomonidan 7,5 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!