Bahodir Jalolov jang qilishi kerak bo‘lgan musobaqa bekor bo‘ldi

  • 3 fevral, 13:27
  • 0
  • Boks
Xabaringiz bor, 17 fevral kuni Saudiya Arabistonida boks oqshomi bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Markaziy jangda og‘ir vazn toifasida mutlaq chempionlik uchun Aleksandr Usik hamda Tayson Fyuri jang qilishi kerak edi. 
 
Biroq, Fyuri Ar-Riyoddagi mashg‘ulot mobaynida qoshini yorib olgani uchun Usik bilan jangi boshqa muddatga qoldirildi. Tayson barcha muxlislarga, tashkilotchilarga, raqibga murojat qilib, uzr so‘rab chiqdi. Jangga tayyor bo‘lganiligi, g‘alabaga ishonchi komil bo‘lganligi va hozir juda ham afsusda ekanligini bildirdi.
 
Oldinroq, musobaqa tashkilotchilari Usikka boshqa raqib topishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, jang kechasi butunlay o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. 

Bundan tashqari ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariishi kerak edi va o‘z-o‘zidan bu jang ham bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!