"Barsa" "Real"ga qarshi o‘yin uchun libosning "yangisi"ni topdi (foto)

"Barselona" klubi "Real"ga qarshi bahs uchun maxsus libos dizaynini namoyish etdi. Unga ko‘ra, yangi formada kolumbiyalik qo‘shiqchi "Karol G"ning logotipi tushirilgan bo‘ladi.

Uning qo‘shiqlari "Spotify" platformasida 50 milliondan ko‘p eshitilgan. 2023 yilda esa qo‘shiqchi eng ko‘p tinglangan ijrochilar o‘ntaligiga kirgan. 

"Karol G" emblemasi tikanlardan yasalgan yurak shaklida yaratilgan - bu qo‘shiqchining qo‘lidagi tatuirovkadan ilhomlangan holda ishlab chiqilgan. Mazkur logotip "Barselona" titul homiysi "Spotify" bilan kelishuvning bir qismi sifatida joylashtiriladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!