“Barsa” transferni barbod qildi

  • 8 iyul, 2023, 20:01
  • 0
  • Futbol

“Sautgempton” yarim himoyachisi Romeo Lavia faoliyatini “Barselona” tarkibida davom ettirish imkoniyatidan ayrildi.

Kataloniyaliklar maydon markazini kuchaytirish maqsadida 19 yoshli futbolchiga og‘iz solgan edi. Xavi Ernandes bu yarim himoyachi jamoada qo‘llanilayotgan o‘yin uslubiga mos tushishiga ishonmoqda.

Biroq, “Barselona” bu transferdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Sababi kataloniyaliklar “Sautgempton” talab qilayotgan 60 million evroni to‘lay olmaydi.

Belgiyalik futbolchi uchun “Arsenal”, “Chelsi” va “Liverpul” kurashni davom ettirmoqda. “Sautgempton” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, quyi ligaga tushib ketgani bois, Lavia “avliyolar” safida qolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!