"Barsa" Xavi o‘rniga meksikalik mutaxassisni olib kelishi mumkin

"Barselona" klubi mavsum oxirida jamoani tark etishi aniq bo‘lgan Xavi o‘rniga bosh murabbiy qidirishni boshlab yuborgan. "Diario Sport" nashrining xabar berishicha, rahbariyat "Barselona B"ning meksikalik bosh murabbiyi Rafael Markesni munosib nomzod, deb hisoblamoqda. 

Variantlar orasida "Brayton" ustozi Roberto de Dzerbi va "Sporting" bosh murabbiyi Rubin Amorim kabi nomlarni ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, Xans-Diter Flik ham Kataloniyada paydo bo‘lib qolishi hech gap emas. 

Hozirda PSJga qarshi ajoyib natija qayd etgan bo‘lishiga qaramay, Xavining klubda qolish ehtimoli juda past.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!