“Barselona” ikki yulduzni nishonga oldi

  • 25 dekabr, 2023, 10:01
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati jarohat olgan Gavi o‘rniga ikki futbolchining transferini o‘rganib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Xavi Ernandes jamoaga yarim mavsum o‘ynab beradigan yarim himoyachi kerak.

Ayni paytda mutasaddilari “Yuventus” vakili Adrien Rabo va Evropani tark etib, “Al-Arabi” sharafini himoya qilayotgan Marko Verratti bilan muzokara o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumki, Gavi tizzasidan og‘ir jarohatga olgan va joriy mavsum jamoasigayordam bera olmaydi. Iste’dodli futbolchi bu mavsum barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!