"Barselona" Pedri borasida bir qarorga keldi

"Barselona" Pedri bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Insayder Ferran Martinesning xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ispaniyalik yarim himoyachini kelajak uchun asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda.

Pedrining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi. 21 yoshli xavbek hozirda bor e’tiborini jarohatidan tiklanishga qaratgan. Keyinroq futbolchining agenti "Barselona" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Pedri joriy mavsum La Liganing 16 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va yana shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!