"Barselona" tekinga super futbolchi oladi

"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "3Cat" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 28 yoshli futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida frantsiyalik futbolchining “Yuventus” bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi.

Joriy mavsumda Rabo barcha turnirlarni hisobga olgan holda 20ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli "Transfermarkt" portaliga ko‘ra, Raboning narxi 40 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!