"Bavariya" murabbiylik lavozimiga ikki asosiy nomzodni tanladi

"Bavariya" yozda bosh murabbiyini almashtiradi. Tomas Tuxel mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etishi fevral oyida e’lon qilingan edi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, "qizillar" uchun asosiy maqsad "Bayer" ustozi Xabi Alonso bo‘lib qolmoqda. Myunxen klubi agar ispaniyalik murabbiyni qo‘lga kirita olmasa, "Brayton"dan Roberto de Zerbiga variantini ko‘radi. Italiyalik mutaxassis nemis klubi uchun "B" reja.

Ma’lumot uchun, de Zerbi bor etiborini "Brayton"da ishlashga qaratgan – u boshqa klublar bilan muzokaralar olib bormayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!