Bellingem "Real"ning "Siti"ga 0:4 hisobida yutqazgani haqida: "Bahs 4:0 bilan boshlanmaydi, bu o‘tmishda qoldi"

"Real" futbolchisi Jud Bellingem jamoasining o‘tgan yili "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirib o‘tdi. 

"Men bir nechta jamoadoshlarim bilan o‘sha o‘yin haqida gaplashdim. Bu yoqimsiz holat bo‘lganini aytishdi, men ham og‘riqli va yirik mag‘lubiyatlarni boshdan o‘tkazdim.

Umidsizlikni tushunish mumkin, ammo his-tuyg‘ularni nazorat qilish kerak. Bugungi bahs 4:0 bilan boshlanmaydi, bu o‘tmishda qoldi. Bo‘lajak uchrashuvga tayyormiz, yigitlar etarli darajada professional ekanini butun dunyo biladi", - dedi angliyalik yarim himoyachi. 

Eslatib o‘tamiz, chempionlar ligasi chorak final javob o‘yini doirasidagi "Manchester Siti" - "Real" to‘qnashuvi bugun tungi soat 00:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!