Benzemaning fidoyiligi. Yoxud nega Karim doim qo‘lini bog‘lab yuradi?

Benzemaning qo‘lidagi bog‘ich barmog‘i singanligi bilan bog‘liq. U doimiy ravishda "Real"da o‘ynash uchun ikki yildan beri jarrohlik amaliyotini kechiktirib kelmoqda.

Fidoyilik

Karim Benzema joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Chelsi"ga (1:1) qarshi o‘yinda ajoyib gol urdi va "Stemford Brij"dagi javob o‘yinidan oldin jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Yaqin planlardagi kadrlarda Karimning o‘ng qo‘lidagi oq bog‘ich barchaning e’tiborini tortadi. Benzema uni ikki yil oldin olgan jarohati tufayli taqadi.

Kylian Mbappe surprises fans with 'unreal' interview in English after  demolishing Bayern Munich

Jarohat tafsilotlari

2019 yil yanvar oyida “Betis”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘lim oxirida Karim raqib futbolchisi Mark Bartra bilan to‘qnashib, kichik barmog‘ini jiddiy shikastlab oldi. U ikkinchi bo‘limda maydonga tushmadi.

O‘yindan so‘ng, "Real" bosh murabbiyi Santyago Solari frantsiyalik futbolchining kichik barmog‘i singanini tasdiqladi, ammo shunga qaramasdan, Benzema oradan olti kun o‘tib, "Sevilya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi. Benzema bu orada faqatgina "Leganes"ga qarshi kubok bahsini o‘tkazib yubordi xolos. Ushbu o‘yinda "Real" Benzemaning yordamisiz ham 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“U shundan bag‘rikengki, hatto singan barmog‘i va qo‘lidagi og‘riq bilan ham jamoaga yordam beradi. Operatsiya sanasi yaqin bir hafta ichida ma’lum bo‘ladi. Chunki ayrim futbolchilarning safga qaytishi Benzemaning davolanishiga imkon yaratadi”, - degan edi Solari.

How long has it been going on?' The big story behind Karim Benzema's little  finger

2019 yilning yanvar-fevral oylarida “Real” uchun juda muhim o‘yinlar bor edi. “Barselona”, “Atletiko”, “Ayaks” shular jumlasidan. Shu sababli, Benzema jarrohlik amaliyotini kechiktirishga va jamoaga yordam berishga qaror qildi. Jarohat o‘yin paytida unga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun uning qo‘liga moslab maxsus bandaj tayyorlanadi.

Operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni uzoq vaqtni talab etishi va “Real”ning ayni damdagi muvaffaqiyatlari unga bog‘liq ekani bois, Karim 2 yildan ortiqroq vaqtdan buyon shu tariqa o‘ynab kelmoqda. Bunday fidoyilik yosh futbolchilarni kelajakda o‘z jamoalariga sodiqligini yanada oshiradi.

Benzema 2019 yilning o‘zidayoq jarohatni operatsiyasiz davolash bo‘yicha amerikalik shifokorlar bilan maslahatlashgan, ammo ular Karimga bu yo‘lni tavsiya qilishmagan. O‘sha yilning aprel oyida Ispaniyaning ABC nashri Benzemaning qo‘lidagi jarohati jiddiylashib borayotgani va mavsum yakunlangach, u jarrohlik stoliga yotishi haqida xabarlar tarqatdi. Benzemaning jarohatlangan barmog‘i suratlari ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi va muxlislar orasida ham uning jarohati dahshatli ekani ko‘p muhokama qilindi.

Povyazka na ruke Benzema – iz-za slomanogo paltsa. On dva goda ne delaet  operatsiyu, chtoby postoyanno igrat za «Real» - Futbolnaya mechta idiota -  Blogi - Sports.ru

2018/19 yilgi mavsumdan buyon to shunga qadar Benzema La Ligada jami 102 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 109 ta gol hamda 63 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Shundan ham bilib olish mumkinki, u “Real” uchun almashtirib bo‘lmas futbolchi.

“Real” Benzemani 2009 yilda 35 mln evro evaziga “Lion”dan sotib olgan va Karim “Qirollik klubi” bilan 6 yillik shartnoma imzolagan. Madridliklar o‘sha yoz Ronaldu va Kaka kabi jahon yulduzlarini ham xarid qilgan.

Benzemaning “Real”da erishgan yutuqlari:

Ispaniya chempionati g‘olibi (3): 2011/12, 2016/17, 2019/20

Ispaniya kubogi g‘olibi (2): 2010/11, 2013/14

Ispaniya Superkubogi g‘olibi (3): 2012, 2017, 2020

UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi (4): 2013/14, 2015/16, 2016/2017, 2017/2018

UEFA Superkubogi g‘olibi (3): 2014, 2016, 2017,

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi (4): 2014, 2016, 2017, 2018

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!