“Besh tashabbus olimpiadasi” boshlandi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berilishi munosabati bilan ushbu maktabga qarashli universal sport majmuasida namunaviy tarzda tantanali ochilish marosim tadbiri tashkil etildi.

Toshkent  viloyati  yoshlar  siyosati va sport  bosh boshqarmasi,  Toshkent  tuman hokimligi,  Yoshlar  ishlari agentligi tuman bo‘limi,  tuman sport maktabi,  tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda  200 nafardan ortiq sportchi o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi.

photo_2023-04-01_23-59-23

Tadbirning tantanali ochilish marosimida so‘z olgan Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari Ibrohim Saidkarimov hamda sport maktabi direktori Dilshod Mansurov “Besh tashabbus olimpiadasi” bellashuvlari boshlanishi bilan barchani qutlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

Shundan so‘ng sport maktabi tarbiyalanuvchilari hamda tumandagi "Fayzobod" mahallasining yoshlari ishtirokida “Quvnoq startlar”, stol tennisi, gimnastrada, engil atletika, mini futbol, shashka bo‘yicha o‘zaro bellashuvlar tashkil etildi.

photo_2023-04-01_23-59-21

Sport maktabining ommaviy sportni rivojlantirish va selektsiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Fayzulla Hikmatovning ta’kidlashicha,  tumandagi 68 ta MFYlarda belgilangan dastur-rejaga ko‘ra “Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi bosqichiga start beriladi.

photo_2023-04-01_23-59-18

Ma’lumot uchun, aprel, may, iyun oylarida “Yoshlar raqs festivali” tanlovi, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan gimnastrada, quvnoq startlar, engil atletika, mini-futbol, stol tennisi, shashka, futbol, strbitbol, vorkout bo‘yicha respublika sport musobaqalari, “Yoshlar kubogi” kibersport bellashuvlari tanlovlari o‘tkaziladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ibragimov Shoxjaxon
08/04/2024 11:52
Qanbay ruyxafban utsabuiabi
&
shohrux Qo'ziboyov
13/02/2024 11:46
Qanday ruyxatdan utsa buladi
&
Feruzbek_workout
13/12/2023 12:43
Zoʻr
&
To‘ychizoda Davlatbek
25/10/2023 22:37
Ajoyib
&
Bobosher
17/05/2024 00:14
Qanday ovoz bersa buladi
&
Samijon
16/05/2024 22:14
Йахши
&
Ismoilov
23/08/2023 21:54
Yaxshi