Bobur Berdiev: "Sevimli" telekanali "SPORTS.uz Cup"da turnir g‘olibligini ko‘zlagan"

  • 16 noyabr, 2022, 17:35
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, 17-18 noyabr kunlari SPORTS.uz sayti tomonidan sportga ixtisoslashgan OAV vakillari o‘rtasida futzal bo‘yicha “SPORTS.uz Cup” musobaqasi o‘tkaziladi.

Bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jarayon so‘ngida jamoa etakchilarining fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalo, SPORTS.uz saytiga minnatdorchilik bildirib qolamiz! Qur’a haqida gapiradigan bo‘lsak, shaxsan men uchun jarayon kutilmagan bo‘lmadi.

Biz "Sport" telekanali raqib bo‘lishini kutgan edik. Ammo MY5 ham eski tanishlardan. "Sevimli" telekanali turnir g‘olibligini ko‘zlagan. Inshaalloh, maqsadimizga etamiz. 

Guruhdagi barcha jamoalar pley-offga chiqish va chempion bo‘lishga haqli. Hammaga rahmat!".

 

Bobur Berdiev, "Sevimli" TV jurnalisti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!