Boks. Bugun Rossiyadagi xalqaro turnirda 4 nafar ayol bokschimiz ringga ko‘tariladi

  • 16 may, 09:57
  • 1
  • Boks

Bugun “Konstantin Korotkov” xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro turnir doirasida ayollar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi. Kun davomida 4 nafar vakilalarimiz ringga ko‘tarilishadi. 

-50 kg: Robiyaxon Bahtiyorova - Ekaterina Molchanova (Rossiya)

-54 kg: Aziza Yoqubova - Uliya Apanasovich (Bellarus’)

-66 kg: Dilfuza Bekova - Anjelina Ganukova (Rossiya)

-75 kg: Aziza Dayirbekova - Anna Maksimova (Rossiya)

Bahslar Toshkent vaqti bilan 11:00 dan boshlab start oladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha ushbu musobaqada hamyurtimiz Shahzod Muzaffarov qirg‘izistonlik Nurseit Ashirmamatovga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida zafar quchdi. Mezbon bokschi Vyacheslav Mirzaevga qarshi ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov ham hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo‘l olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Naxshamova Muhlisa
23/05/2024 15:10
Judayam zor