Boks. Do‘smatov va Muzaffarovda ishonchli g‘alaba, Xoldorov jangda ishtirok etolmadi

  • 15 may, 21:49
  • 0
  • Boks

Rossiyaning Xabarovsk shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha xalqaro “Konstantin Korotkov xotira turniri”ning ikkinchi kun bahslarida ringga ko‘tarilgan ikki nafar hamyurtimiz ishonchli g‘alabaga erishdi.

Jumladan, Shahzod Muzaffarov qirg‘izistonlik Nurseit Ashirmamatovga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida zafar quchdi. Mezbon bokschi Vyacheslav Mirzaevga qarshi ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov ham hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Afsuski, mashg‘ulot chog‘ida kichik jarohat olgani bois Iqboljon Xoldorov ringga ko‘tarilmadi. Vakilimiz rossiyalik Dmitriy Kolomoesga qarshi jang o‘tkazishi lozim edi.

-54 kg: Shahzod Muzaffarov — Nurseit Ashirmamatov (Qirg‘iziston) 5:0
-54 kg: Hasanboy Do‘smatov — Vyacheslav Mirzaev (Rossiya) 5:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!