Boks. O‘zbekiston chempionatining ayollar o‘rtasidagi finallari yakunlandi

  • 28 noyabr, 2023, 11:05
  • 0
  • Boks

13:55. Shu tariqa ayollar o‘rtasidagi final janglari o‘z yakuniga etdi. Endi soat 16:00 da erkaklar o‘rtasidagi final janglari boshlanadi.

13:52, +81 kg vazn toifasida Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilgan Mohira Abdullaeva navoilik Dildora Jo‘raevaga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, 1-raundning o‘zida 3 marotaba nokdaun holatiga tushirib, muddatidan avval g‘alaba qozondi va O‘zbekiston chempioniga aylandi.


13:45, - 81 kg vazn toifasining final jangida Xorazm vakilasi Oltinoy Sotimboeva namanganlik Mumtozbegim Qosimovaga qarshi bahs yuritdi va ushbu qarama-qarshilikda Sotimboeva ishonchli tarzda 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu tariqa u mamlkat chempioniga aylandi.



13:28, -75 kg vazn toifasida Jizzax viloyati sharafini himoya qilayotgan mashhur Zokirovlar sulolasi vakilasi Aziza Zokirova xorazmlik Sohiba Ro‘zmetova bilan jang olib bordi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu tariqa u O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.



13:12, -70 kg vazn toifasida Jizzax viloyati vakilasi Hadichabonu Abdullaeva qashqadaryolik Mavluda Mavlonova bilan shiddatli jang olib bordi va yakunda 4:0 hisobida Abdullaeva g‘alaba qozondi va O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. 



12:55, - 66 kg vazn toifasida tajribali Farg‘ona viloyati vakilasi Navbahor Hamidova jizzaxlik Marjona Eshboevani muddatidan avval mag‘lub etib, yana bir bor O‘zbekiston chempioniga aylandi.



12:49, - 63 kg vazn toifasidagi final jangi ham o‘z yakuniga etdi. JTSU (Jismoni tarbiya va sport universtiteti) vakilasi Mohinabonu Abdullaeva namanganlik Zohidaxon Xojimirzaevani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.


 
12:32, - 60 kg vazn toifasida Toshkent shahri vakilasi Rayxona Qodirova Qoraqalpog‘istonlik Rashida Tagirovaga qarshi jang qildi. Tagirova tajribali raqibasiga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Biroq, Qodirova nisbatan aniqroq harakat qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, yana bir bor O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.   


12:16, -57 kg vazn toifasidagi final jangi ham juda murosasiz tarzda o‘tdi. Farg‘ona vakilasi Xumorabonu Mamajonova samarqandlik jiddiy raqibasi Sitora Turdibekovaga xaqiqiy boshog‘riq bo‘ldi. Biroq, tajribali Turdibekova jangda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston chempioniga aylandi. 


11:59, - 54 kg vazn toifasida Jizzax viloyati vakilasi Muxlisa Xushvaqtova samarqandlik Shoxsanam Safarovani muddatidan avval mag‘lub etib, oltin medal sohibasiga aylandi.

11:49, -52 kg vazn toifasida jizzaxlik Azizabonu Ma’mirova Qoraqalpog‘iston vakilasi Ra’no Muratboeva bilan bahs yuritdi va unda Ma’mirova 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi!


11:34. -50 kg vazn toifasida Toshkent viloyati vakilasi Feruza Kazakova buxorolik raqibasi Sabina Boboqulova ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ldi.

11:20, Qizlar o‘rtasidagi final janglarining birinchisi yakunlandi. Unda Farzona Fozilova -48 kg vazn toifasida Buxoro viloyati vakilasi andijonlik Saidaxon Raxmonovani mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston chempioniga aylandi.

11:00. Ayni damda poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Birinchi bo‘lib ayollar o‘rtasidagi final janglari boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!