"Borussiya"dan ketishini e’lon qilgan Marko Roysga MLS va Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda

"Borussiya" futbolchisi Marko Roys mavsum oxirida jamoadan ketishidan xabaringiz bor. Unga hozirdan bir necha klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

"Sky Sports" nashrining xabar berishicha, 34 yoshli hujumkor yarim himoyachi faoliyatini MLS yoki Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Ammo hozircha Marko qaerga ketish borasida yakuniy qarorga kelmagan.

Erkin agent sifatida dortmundliklar bilan xayrlashadigan Roysning Germaniyada qolishi dargumon ekani aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!