“Boxing Scene” 2020 yilning eng yaxshi nokautini aniqladi (Video)

  • 7 yanvar, 2021, 18:24
  • 0
  • Boks

“Boxing Scene” internet-portali 2020 yilning eng yaxshi nokaut muallifini aniqladi. Unga ko‘ra, rossiyalik og‘ir super og‘ir vazn toifasi vakili Aleksandr Povetkin (36-2-1, 25 KO) ijrosidagi nokaut yilning eng yaxshisi, deb topildi.

2020 yil avgust oyida britaniyalik Dillian Uayt (27-2, 18 KO) bilan to‘qnash kelgan Povetkin, dastlab ikki bor nokdaunga uchragan holda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira olgandi.

Uning 5-raunddagi super “apperkot” zarbasi raqibining chuqur nokaut holatiga tushishiga sabab bo‘lgandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!