Braziliya terma jamoasi qoniqarsiz natijalar sabab bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiy Fernando Dinizni iste’foga chiqardi. Bu haqda Braziliya futbol federatsiyasi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, uning o‘rnini "San-Paulu" bosh murabbiyi Dorival Junior egallashi kutilmoqda. Avvalroq, Braziliya termasini Karlo Anchelotti boshqarishi kutilayotgan edi. Biroq "papa Karlo" "Real" bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Braziliya Janubiy Amerika mintaqasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionati saralash o‘yinlarida 6-o‘rinni egallab turibdi. Diniz boshchiligida "pentakampeonlar" 6 bahsda 2 g‘alaba, 1 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!