Braziliyalik forvard, koreyalik posbon va Ever Banega! “Ash-Shabab” safida qanday legionerlar to‘p tepadi?

  • 18 fevral, 2023, 19:23
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, 19 fevral sanasida “Nasaf” OChL pley-off bosqichida Saudiya Arabistoning “Ash-Shabab” klubi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan ishqibozlarni qiziqtirgan eng muhim ma’lumotlarni taqdim etishda davom etamiz. SPORTS.uz nishonida “Shabab” legionerlari! Ha aytgancha, raqib tarkibida 8 ta legioner to‘p suradi, ammo OChLda ularni faqatgina 3+1 ko‘rinishidagina qaydnomaga kiritish mumkin.

Karlos Junior – "nayzaning uchi"

Carlos-1024x614

Chinakam braziliyalik forvardlardan farq qiluvchi o‘yin uslubiga ega Karlos Juniordan boshlaymiz. U texnik tomondan kuchli emas, fintlarni ham qalashtirib tashlamaydi. Biroq yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish evaziga bu kamchiliklarni (balki kamchilik ham emasdir, ammo braziliyaliklarning chiroyli futbol namoyish etishiga o‘rganib qolganmiz) berkitib yuboradi. Boshqa legionerlardan farqli o‘laroq, pressingda faol va to‘pni saqlab qolishni xush ko‘radi. Chaqqon, ammo tezkor emas. Ikkinchi qavatdagi kurashda juda faol. U “Nasaf”ga bosh og‘rig‘i tug‘dirishi mumkin bo‘lgan raqib safidagi eng xavfli futbolchi. Katta ehtimol bilan aynan u “ajdarlar”ga qarshi o‘yinda qaydnomada ko‘rinish beradi.

Kim Syong Gyu – "supermen"

kim

E’tiborlisi shundaki, osiyolik legionerlar uchun beriladigan bitta kvotadan riyodliklar OChLdagi klublar orasida eng unumli foydalanganlaridan biri desak, adashmagan bo‘lamiz. 32 yoshli posbon bugungi “Shabab”ning asosiy etakchilaridan biri. U ajoyib reaktsiyaga ega bo‘libgina qolmay, oyoq bilan ham yaxshi o‘ynay oladi. Syong Gyu so‘zsiz “Nasaf” bilan o‘yinda tarkibda bo‘ladi.

Krixovyak – markaziy himoya va tayanch zonasi uchun universal

Kir

Polshalik futbolchini “Sevilya” va PSJdagi o‘yinlari bilan yaxshi eslab qolgan bo‘lsangiz ajab emas. Tayanch zonasi va himoyada birdek top darajada harakat qilishni uddalab kelayotgan polyak hali-hamon yuqori darajani saqlab qolmoqda. Saudiya Arabistoni birinchiligida u to‘p uchun kurash borasida eng yaxshi statistika egalaridan biri. Shuningdek, kuchli zarba va kerak bo‘lganda uzun paslarni ijro etishi ham mumkin.

Ever Banega – dirijyor

banega

“Ash-Shabab” asosiy urg‘uni to‘p nazorati va birinchi raqam ostida harakat qilishga qaratadi. Bu faktorlar qay darajada foyda berishi katta ehtimol bilan aynan argentinalik pleymeykerga bog‘liq. So‘nggi paslardagi klass va standartlarning a’lo darajadagi ijrosi Banegani “Shabab” uchun almashtirib bo‘lmas o‘yinchiga aylantirib bo‘ldi. U jamoasi uchun og‘ir kechayotgan bellashuvlarda intellekti va maydonni ko‘ra olish qobiliyatini ishga solishi mumkin. Sodda qilib aytganda, “Ash-Shabab” o‘yinidagi dirijyor!

Lago Santos – Husniddin Aliqulov

LAgo santos

Braziliyalik himoyachi bugungi riyodliklarning mudofaa chizig‘idagi eng muhim ijrochilaridan biri. 188 sm bo‘yga ega himoyachi “Nasaf” uchun Husniddin Aliqulov qay darajada muhim bo‘lsa, o‘z klubiga ham shu qadar kerakli futbolchi hisoblanadi. U tezkor emas, birinchi pasni ham a’lo darajada ijro etmaydi. Shunga qaramay, to‘p uchun ikkinchi qavatda juda faol. Shuningdek, yakkakurashlarda ham jismoniy imkoniyatidan unumli foydalana oladi. Bir so‘z bilan aytganda, Morena jamoasi mudofaa chizig‘ining asosiy vakili. Shunga qaramay, u “Nasaf”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin.

Sababi, Krixovyak qaydnomaga kiritilsa, u Banega yoki Karlos Juniorni chetga surilishga majbur qilishiga ishonish qiyin. Har holda, arab futboli falsafasiga ko‘ra, yaxshi himoyalangan emas, ko‘proq gol urgan jamoa yakunda g‘alaba qozonadi. Demak, Visente Moreno Lago Santos va Krixovyakdan birini tanlashga majbur bo‘ladi. Balki ikkisini ham tanlamas. 

aaron-boupendza-joins-al-shabab-saudi-arabia

E’tiborlisi shundaki, “Shabab” tarkibida shuningdek yaqin-yaqingacha “Selta” sharafini himoya qilib kelgan hujumchi – Santi Mina, gabonlik Aaron Boupendza (markaziy hujumchi), Kristian Kuanka (vinger), angliyalik Mo Adams (yarim himoyachi) singari futbolchilar ham legioner maqomida to‘p suradi. Saudiya Arabistoni chempionatidagi kvotalarning soni OChLnikiga qaraganda ko‘proq bo‘lgani bois, Visente Moreno hujumda Kuanko-Karlos-Mina uchligiga murojaat etayotgan edi. Shuningdek, Aaron Boupendza ham syurpiriz tarqasida qaydnomadan o‘rin egallashi hech gap emas. Uning transfer qiymati 8 million evro etib baholangan. Faoliyatining katta qismini Frantsiyaning “Bordo” klubi safida o‘tgazgan forvard ham Morenoning “Nasaf” uchun tuzgan rejasidan o‘rin egallashi ehtimoli yuroqi. Umuman olganda, “Ash-Shabab”da legionerlar masalasida hech qanday muammo yo‘q. Maydondagi barcha pozitsiyalarni xorijlik futbolchilar kuchaytirishga qodir. Barchasi, “ajdarlar” bilan o‘yinda Visente Moreno ulardan qay birining xizmatidan foydalanishiga bog‘liq.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!