Bu futbolchi “el-klasiko”lar qiroli aylandi

  • 3 mart, 2023, 08:36
  • 0
  • Futbol

Ispaniya kubogining yarim final dastlabki uchrashuvida “Real” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ashaddiy raqobatchisi “Barselona”ni qabul qildi.

Mazkur bahs kataloniyaliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu “Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets uchun “el-klasiko”lardag i 22-g‘alaba sifatida qayd etildi. Serxio bu ko‘rsatkichni qayd etgan birinchi futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.   

Avvalgi rekord Fransisko Xentoga tegishli bo‘lib, u ikki buyuk to‘qnashuvida 21 marotaba zafar quchgandi.

“Barselona”ning sobiq ikki futbolchisi – Lionel Messi va Jerar Pike madridliklar bilan bo‘lgan bellashuvlarda 19 marotabadan muvaffaqiyat qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!