Bu men ko‘rgan eng tanbal futbolchi!

  • 18 fevral, 2023, 19:12
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel “Real”da ishlari yurishmayotgan Eden Azar haqida fikr bildirdi.

Afrikalik o‘yinchi o‘z davrida “aristokratlar” safida belgiyalik hujumkor futbolchi bilan birga o‘ynagan.

- Azar hech qachon mashg‘ulotlarda etarlicha ter to‘kmagan. Eden men hayotim davomida ko‘rgan eng tanbal futbolchi. Lekin dam olish kunlari u har doim uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lib chiqaverardi, - dedi Jon Obi Mikel.

Azar 2012-2019 yillar davomida “Chelsi” sharafini himoya qilib, 352 ta o‘yinda 110 ta gol va 92 ta assist muallifi bo‘lgan. Keyin 115 million evro evaziga “Real”ga ko‘chib o‘tdi. Madrid klubida o‘yini ortga ketdi. Azar “Real” safida shu paytgacha faqatgina ettita to‘p kirita oldi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!