"Bu penalti, nuqta"!

Pirs Morganning fikricha, Manuel Noyer Bukayo Sakaga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. 

Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvida "Arsenal" va "Bavariya" durang natija qayd etdi (2:2). 

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada "kanonirlar" vingeri Bukayo Saka darvozabon Manuel Noyer bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. To‘pni biroz oldinga tashlagan angliyalik vingerning oyog‘iga posbon tashlandi va Bukayo maydonga yiqildi. 

Bosh hakam Glenn Nyuberg hech qanday qoida buzilish qayd etmadi. Taniqli boshlovchi va "Arsenal" muxlisi Pirs Morgan mazkur vaziyatga nisbatan o‘z e’tirozini bildirdi: 

"Bu penalti, nuqta", - dedi Morgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!