Bu uch futbolchi aniq ketadi

Football Insider nashri jurnalisti  Pit O'Rurk “Chelsi” yaqinlashib kelatgan yozgi transferlar vaqtida uch nafar tarbiyalanuvchisini sotib yuborishi aniq ekanini ta’kidladi.

Konor Gallaxer, Trevo Chaloba va Armando Broyyaning transferi klubga toza daromad keltiradi. Chunki klub bu futbolchilarni olib kelish uchun hech qanday xarajat qilmagan.

Bu transferlardan keladigan summa sof foyda sifatida klubning moliyaviy feyr-pley qoidalari bo‘yicha jazolanishdan qutilib qolish imkonini yaratadi.

- Konor Gallexer klub bilan shartnomasini yangilamadi va unga boshqa klublardan chorlovlar etarlicha bo‘ladi. Chaloba ham safga qaytdi, lekin “Chelsi” bu o‘yinchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Armando Broyya ham ketishni ma’qul ko‘rmoqda. Mana shu uch futbolchi “Chelsi”dan aniq ketadi, - dedi Pit O'Rurk .

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!