Bugun O‘zbekiston va Eron ishtirokidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasida Gongkongga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da "Mong Kok" stadionida start oladi.

Mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi. 

Uchrashuvni koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Kim Vo Sung, unga qanotlarda hamyurtlari Jang Jon Pil va Kang Dong Ho yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Kim Da Yong ishlaydi.

"Oq bo‘rilar"dan tashqari bugun "E" guruh peshqadami Eron terma jamoasi Turkmaniston bilan o‘ynaydi. Bu bahs 21:00da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!