Bundesliga. "Bayer" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritib, "Bavariya" bilan 10 ochkolik farqni tikladi

Bundesliga 26-turidan o‘rin olgan "Frayburg" - "Bayer" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda leverkuzenliklar 3:2 hisobida zafar quchdi. 

Xabi Alonso shogirdlari tarkibida Virts, Glojek hamda Shik gol urgan bo‘lsa, mezbonlarning gollari Doan hamda Keytel tomonidan kiritildi. 

Ochkolari sonini 70 taga etkazib olgan "Bayer" "Bavariya" bilan farqni 10 ochkogacha oshirib qo‘ydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!