Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentligiga saylov o‘tkaziladi

Joriy yil Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilot rahbarligiga yagona nomzod ko‘rsatilmoqda.

Yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sabab 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbir onlayn tarzda tashkil etiladi. Unda hozirda Butunjahon taekvondo federatsiyasini boshqarib kelayotgan janubiy koreyalik Chung Von Choi saylovda yagona nomzod sifatida qayd etilmoqda. Uning nomzodi delegatlar tomonidan ma’qullansa, ushbu mutaxassis yana 5 yil muddat mazkur tashkilotni boshqarib boradi.

Shuningdek, har bir mintaqalarning Konsulligiga ham nomzodlar nomi ko‘rsatilgan. Nomzodlar bilan ushbu havolada batafsil tanishib olishingiz mumkin.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!