Butunjahon Universiadasi. Taekvondo WT va ushu dasturlarida uchta medal

Xitoy mezbonlik qilayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining yana bir kuni ortda qoldi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Taekvondo WT bahslarida ikki karra jahon chempionati sovrindori Feruza Sodiqova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Sodiqova -62 kg vazn finalida tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, musobaqada yarim finalga etib borgan Najmiddin Qosimhojiev (-74 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Qolaversa, ushuning jangovar yo‘nalishida -80 kg vazn toifasida yarim final bosqichiga qadar etib kelgan Azizbek Isroilov ham shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining hozirgacha jamg‘argan medallari 7 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!