"Buxoro" kimlar bilan xayrlashdi?

  • 24 may, 2023, 04:09
  • 0
  • Futbol

Yozgi tanaffusga oz qoldi. Oldida aniq maqsadi bor jamoalar bo‘lajak tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarni boshlab yuborgan. "Buxoro" esa boshqacha yo‘ldan boryapti. Bu haqda SPORTS.uz jurnalisti Faxriddin Ro‘ziev xabar berdi.

Bilasiz, Superligadagi qator xatolaridan keyin Nikola Stoshich o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazib yuborilgan edi. Oxirgi turda "So‘g‘diyona"ga uchralgan mag‘llubiyatdan keyin Ulug‘bek Bakaev yana 4 nafar futbolchiga javob berib yubordi. Bular: Jasur Azimov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Timur Ismoilov va Jasur Hasanov. Mazkur o‘yinchilar yozda o‘zlariga yangi klub izlashlari mumkin. 

photo_2023-05-19_19-35-49

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Bakaev "Buxoro"ni 4-turdan keyin qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida Superliganing 6 turida maydonga chiqib, 4 ochko ishlab oldi. Buxoroliklar ayni paytda musobaqa jadvalida 11-bo‘lib turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!