Byorns: "Bizni o‘ldirmaydigan narsalar – bizni yanada kuchliroq qiladi"

  • 2 aprel, 12:47
  • 0
  • MMA

Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Gilbert Byorns(22-7) mart oyida bo‘lib o‘tgan "UFC 299" turnirida Jek Della Maddalena(17-2)ga erta mag‘lub bo‘lganidan so‘ng ham chempion bo‘lish orzusidan voz kechmaganini ma’lum qildi.

 "Men hech qachon taslim bo‘lmayman. Men bu kamarni qo‘lga kiritaman yoki buning uchun harakat qilib o‘laman. Bizni o‘ldirmaydigan narsalar – bizni yanada kuchliroq qiladi. Bu safargi harakatim ham natija bermadi, lekin buning ortida hech qanday qayg‘uli voqea, hech qanday bahona yo‘q. Men juda yaxshi jang qildim, ajoyib mashg‘ulot o‘tkazdim, ko‘p ishlarni to‘g‘ri qildim, lekin atiga birgina xato sabab mag‘lub bo‘ldim. Bu meni chempionlik poygasidan chiqarib yubora olmaydi, balki rivojlanishga yanada turtki beradi. Men biroz dam olib, tuzalib qaytaman va avgust yoki sentyabrda yana jang o‘tkazaman”, - deya Byornsning so‘zlarini keltirgan MMA Mania.

Eslatib o‘tamiz, Byorns so‘ngi jangida Jek Della Maddalenaga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!