"Chelsi" London derbisida "Tottenxem"dan ustun keldi (video)

Angliya Premer-ligasining 26-tur qoldirilgan bahsida “Chelsi” o‘z maydonida hamshahari “Tottenxem”ni qabul qildi.

“Stemford Brij”dagi o‘yin mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “aristokratlar” tarkibida gollarni Trevo Chaloba (24) hamda Nikolas Djekson (72) kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi” o‘z ochkolari sonini 51 taga etkazib, jadvalda “Vest Xem”ni ortda qoldirgan holda 8-o‘ringa ko‘tarildi. Mag‘lub bo‘lgan “Tottenxem” hisobida esa 60 ochko mavjud. “Shporlar” hozircha 5-pog‘onada borishmoqda.

Quyida “Chelsi” – “Tottenxem” bahsining qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!