“Chelsi” Pochettinoni haydaydigan bo‘ldi, o‘rniga nomzod ham tayyor

So‘nggi ikki yilda yangi o‘yinchilar transferiga 1 milliard evro atrofida xarajat qilgan “Chelsi” bir necha mavsumdan beri kuchli tarkib va barqaror o‘yin shakllantira olmayapti.

Bu mavsum ham shunday bo‘ldi. Katta umidlar bilan bosh murabbiylikka olib kelingan Maurisio Pochettino ham bu ishni uddalay olmadi.

Jurnalist Sem Mokbelning ma’lum qilishicha, klub xo‘jayinlari argentinalik mutaxassisdan voz kechishga qaror qilgan.

“Aristokratlar” yozda jamoani boshqarishga portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimni olib kelmoqchi. Manbaga ko‘ra, londonliklar “Sporting” ustozini anchadan beri kuzatib kelayotgan ekan.

Amorimga mavsum oxirida jamoani tark etadigan Yurgen Klopp o‘rniga yangi bosh murabbiy qidirayotgan “Liverpul” ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!