“Chelsi” “Real”ni 295 millionga “edirgan”!

  • 7 aprel, 2023, 09:01
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” bir transfer orqali “Real” buyudjetiga katta miqdorda ziyon etkazdi, deb yozmoqda 90min nashri.

Tabiiyki, ishning bunday tus olishida madridliklarning ham aybi bor. Ular belgiyalik Eden Azarga ortiqcha ishonib yuborgan.

2019 yilning yozida “Chelsi” muxlislari Premer-liganing eng zo‘r pleymeykerlaridan birini Madridga ko‘zlarida yosh bilan kuzatib qoldi. “Real” bu yulduz uchun 115 million berganini bilmay qoldi.

Azar Ispaniya poytaxtiga kelganidan beri 3,5 yil ichida 17 marotaba jarohat olib, ko‘p vaqtini davolanishga sarfladi. Keyin ortiqcha vazn muammosi kelib chiqdi. Formasini tiklashda layoqatsiz ekani “Real” mutasaddilarining katta xatoga yo‘l qo‘yganidan dalolat berardi.

Manbaning ta’kdlashicha, Eden Azarni olib kelish xarajatlaridan tortib, to shartnomasi oxirida beriladigan maoshgacha bo‘lgan mablag‘ 295 million evroni tashkil qilmoqda. Azarning ahvoli esa, madridliklar aynan mana shu summaga kuyganini ko‘rsatib turibdi.

Qizig‘i shundaki, o‘tgan yilning sentyabridan beri endi maydonga tushgan belgiyalik hujumkor futbolchi Ispaniya chempionatida eng katta maosh oladigan o‘yinchi hisoblanadi. Unga madridliklar har yili 27 million evrodan moyana to‘laydi.

Keyingi o‘rinlarda “Barselona” vakillari – xizmat haqi 26 million evroga baholangan Robert Levandovski va har mavsum uchun 22,92 million evro maosh olayotgan Serxio Buskets o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!