"Chelsi" yoki "Liverpul"? U qay birini tanlaydi?

  • 14 avgust, 2023, 14:44
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" belgiyalik yarim himoyachi Romeo Laviyaning transferi bo‘yicha “Sautgempton” bilan kelishib oldi. Biroq ushbu transferga futbolchining o‘zi rozi bo‘lmasligi mumkin.

The Guardian xabariga ko‘ra, mersisaydliklar 19 yoshli yarim himoyachi uchun 60 million funt to‘laydi. Aytish kerakki, "Liverpul" bundan avval 45 million evrodan ko‘proq pul to‘lamoqchi emasligini ma’lum qilgan edi.

Oldinda “Liverpul”ni yana bir muammo kutmoqda. Boisi Laviyaning o‘zi “Chelsi”ga  o‘tmoqchi, mersisaydliklar esa hozircha uni bu fikrdan qaytara olishgani yo‘q. Jurnalist Sasha Tavolerining so‘zlariga ko‘ra, Laviya o‘tgan dam olish kunlari Londonga borib, do‘stlari bilan “Chelsi”ga o‘tishini nishonlagan.

Avvalroq “aristokratlar” yarim himoyachi uchun 55 million funt taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!