“Chelsi” zo‘r futbolchi tarbiyaladi

  • 13 oktabr, 2021, 15:00
  • 0
  • Futbol

The Chelsea Chronicle nashri “Chelsi”ning 18 yoshli tarbiyalanuvchisi Levi Kolvill yaqin kelajakda zo‘r futbolchi bo‘lib etishishini bashorat qilmoqda.

Hozir bu o‘yinchi tajriba to‘plashi uchun “Xaddersfild” jamoasiga ijaraga berilgan.

“Chelsi” akademiyasidan chiqqan Levi Kolvill markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydi. U akademiya darajasidan Chempionship saviyasiga juda tez moslashdi va ishonchli o‘yin namoyish qilmoqda.

Kolvill “Xaddersfild” safida markazdan tashqari himoyaning chap qanotida ham juda yaxshi o‘ynamoqda.

Hozirgacha, yosh himoyachi sakkizta uchrashuvda qatnashib, o‘z vazifasini uddalashdan tashqari, raqib darvozasini bir bor ishg‘ol qilishga ham erishdi.

Mutaxassislar Tomas Tuxel yaqin kelajakda bu futbolchini asosiy tarkibga jalb etishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!