“Chelsi”dan quvilgan to‘rt futbolchining ishlari yurishib ketdi

“Chelsi” bir necha yildan beri jangovar tarkib va jamoani muvaffaqiyatli boshqara oladigan bosh murabbiy masalasini hal qila olmayapti.

“Aristokratlar” so‘nggi ikki mavsum davomida 28 nafar yangi futbolchi olish uchun 1 milliard funtga yaqin mablag‘ni sarflab yubordi. Transferlar hech qanday natija keltirgani yo‘q.

Ekspertlar o‘tgan yozda “Chelsi”ni tark etib, boshqa jamoada porlayotgan to‘rt nafar futbolchiga e’tibor qaratdi.

Per-Emerik Obameyang (“Marsel”)

Gabonlik hujumchi “Marsel”dan qo‘nim topib, barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda 25 ta gol urdi.

Kristian Pulishich (“Milan”)

Kristian Pulishichning eng katta yutug‘i, milanliklar safiga qo‘shilganidan keyin jarohatlar epidemiyasidan qutildi. “Milan” uchun o‘n uchta gol urib, sakkizta assist qayd etdi. Kristian faoliyatida ilk bor o‘ntadan ko‘p to‘p kiritdi.

Kay Xaverts (“Arsenal”)

Germaniyalik forvard “Chelsi”da o‘ynay olmagan edi. “Arsenal” Kayni 65 million funtga olgani ko‘p tanqid qilindi. Bosh murabbiy Mikel Arteta “aristokratlar”ga  24 yoshli forvardni qanday o‘ynatish kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Ruben Loftus-Chik (“Milan”)

Ruben Loftus-Chik ham “Chelsi”da umidsiz futbolchiga aylangan edi. “Milan”ga o‘tganidan keyin barcha turnirlarda urgan gollari sonini o‘ntaga etkazib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!