"Chelsi"ni chempion qilgan Kante

  • 30 may, 2021, 23:07
  • 0
  • Futbol

Kecha bo‘lib o‘tgan “Manchester Siti” va “Chelsi” klublari o‘rtasidagi UEFA Chempionlar ligasi finalining haqiqiy qahramoni so‘zsiz Ngolo Kante bo‘ldi. Final hushtagi chalinganidan so‘ng, zaxirada o‘tirgan Kurt Zuma darhol maydonga sakrab chiqdi va Ngolo Kanteni ko‘tarib olib, maydon bo‘ylab yurdi.

Bu mantiqan to‘g‘ri. Ngolo rasman Chempionlar ligasi finalidagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi. Bungacha u "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan har ikkala yarim final bahsining ham eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan edi. Ngolo bu mavsum “Chelsi”ning hal qiluvchi o‘yinlarida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Shu sababli, "Chelsi" muxlislari finalda ham Kantaga katta umid bog‘lashgan edi.

Kante priznan luchshim igrokom finala Ligi chempionov - Liga chempionov

Finalga ikki haftadan kam vaqt qolganida, frantsiyalik futbolchi "Lester"ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat oldi. O‘sha o‘yindan so‘ng, “aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi:

-Umid qilamanki, Ngolo bilan ortiqcha muammolar yuzaga kelmaydi. Bugun biz uning maydonda yo‘qligini sezdirmadik, ammo baribir u bilan va u siz bizda ikki xil jamoa bor.

Kante bir hafta davolandi va finalga 3 kun qolganida mashg‘ulotlarga kirishdi. U hal qiluvchi o‘yinga qadar optimal sport formasiga qayta oldi.

“Manchester Siti” va “Chelsi” o‘rtasidagi yagona farq bu Ngolo Kante”, - deya fikr bildirdi gollandiyalik mashhur futbolchi Nayjel De Yong beIN Sports efirida.

Barcha jamoaga shunday yarim himoyachi kerak. U barcha jabhalarni qamrab oladi va nazorat qiladi. U ortga qaytib, “qora ishlarni” ham qiladi va shu bilan birga hujum tashkil etishda ham faollik ko‘rsatadi. Finalda u “Siti” yarim himoyasini “yanchib” tashladi.

Biz final bahsidagi barcha raqamlarga to‘xtalib o‘tmoqchi emasmiz, ammo siz Kante bilan bog‘liq quyidagi uchta raqamga diqqat bilan e’tibor berishingiz shart:

- 11 ta yakka kurashda g‘alaba qozondi va 10 ta vaziyatda to‘pni raqibdan olib qo‘ydi;

- Havodagi kurashlarda 4 marta ustun keldi. Bu "Chelsi" futbolchilari orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Shu o‘rinda Kantening bo‘yi bor yo‘g‘i 168 sm ekanini eslatib o‘tmoqchimiz.

Ngoloda o‘yinni o‘qiy olish darajasini esa 500 foiz deyish mumkin.

Mana shunday ko‘rsatgichlardan keyin ham nega Kantening faoliyat yo‘lini eslamaslik kerak? U final oldidan u o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

“To‘qqiz yil oldin men Bulonning ikkinchi jamoasida o‘ynaganman va Liga 2 da debyut qilganman. Men futbolga chanqoq va umid bilan to‘la edim. Yuqori darajagacha qanday masofani bosib o‘tishni bilmas edim, shunchaki professional bo‘lishni va ishlashni xohlardim. Hayotimda sodir bo‘lgan barcha voqealarni hisobga olsak, bu erda "Chelsi" bilan Chempionlar ligasi finalida o‘ynash ajoyib narsa.

Hammasi asta-sekin mavsumdan mavsumga rivojlanib bordi. Bu yo‘lda quvonch va umidsizlik yonma-yon edi. Bularning barchasi meni futbolchi sifatida shakllantirdi”, - dedi Kante.

Ngolo Kantening bosib o‘tgan yo‘li haqida qisqacha:

2012 – Liga 2 da to‘p sura boshladi;

2014 – “Kann” safida Liga 1 da debyut qildi;

2015 – “Kann”dan 9 mln evro evaziga “Lester”ga ko‘chib o‘tdi;

2016 – “Lester” bilan APL chempioni bo‘ldi;

2017 – “Chelsi” bilan chempioni bo‘ldi;

2018 – Frantsiya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘ldi;

2019 – “Chelsi” bilan Evropa ligasida g‘olib bo‘ldi;

2021 – “Chelsi” bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi;

Man Siti-Chelsi | Liga chempionov UEFA | UEFA.com

So‘nggi so‘z o‘rnida shuni aytish lozimki, agar Kante shu yoz Frantsiya terma jamoasi bilan Evropa chempionatida zafar qucha olsa, u holda “Oltin to‘p” sovrini uchun kurashda shubhasiz favoritga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!