Chempionlar ligasi finali boshqa joyda o‘tkaziladimi? Yoxud nega inglizlar Turkiyaga borishni xohlamayapti?

Chempionlar ligasi finaliga Angliyaning ikki jamoasi chiqqani UEFA uchun muammo tug‘dirmoqda. Boisi, “Manchester Siti” va “Chelsi” final bo‘ladigan shahar – Istanbulga bora olmasligi mumkin. Hozir hammasi jiddiy. Hatto “Aston Villa” klubi EChL finalini o‘z stadionida qabul qilish istagi bilan UEFAga murojaat qildi. Biroq, UEFA ushbu taklifni qabul qilmadi va o‘z qaroriga muvofiq, final Istanbulda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Barchasini epidemiologik vaziyat murakkablashtirmoqda. Gap shundaki, bir hafta oldin Turkiyada lokdaun e’lon qilingan edi. Bugun Buyuk Britaniya hukumati Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qiladigan davlatni “qizil hudud”ga kiritdi. Bu esa inglizlarning Turkiyaga tashrifini taqiqlaydi. UEFA "Manchester Siti" va "Chelsi"ga final uchun 4000ta chipta taqdim etishni rejalashtirgan, ammo hozirgi sharoitda klublar ushbu kvotalardan foydalana olmaydi. Transport masalalari bo‘yicha mamlakat bosh kotibi Grant Shapps Angliya futbol assotsiatsiyasi UEFA bilan allaqachon mezbon shaharni o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar boshlaganini va bu borada yakuniy qarorni UEFA qabul qilishini aytdi.

"Buyuk Britaniya tomoshabinlar bilan o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega, shuning uchun bizda bu borada barcha imkoniyatlar mavjud. Biz bu taklifga rozimiz, lekin yakuniy qarorni UEFA qabul qiladi. Finalga Angliyaning ikkita klubi chiqqanligini hisobga olib, biz ularning qarorini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz ", - dedi Shapps.

Bundan tashqari, Britaniya hukumati futbolchi va klub xodimlarining sayoxatlariga qo‘yiladigan cheklovlar masalasiga ham echim qidirmoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Karantin qoidalariga ko‘ra, "qizil hudud"ga kiritilgan davlatlardan qaytib kelgan Buyuk Britaniya fuqarolari 10 kun davomida hukumat tomonidan tasdiqlangan mehmonxonada karantinga olinishi kerak. Shuning uchun ham ingliz klublari ishtirokidagi Chempionlar ligasi pley-offining bir qator uchrashuvlari neytral maydonlarda bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish lozimki, Chempionlar ligasi finalining Istanbulda o‘tkazilishi Evropa chempionatida o‘ynaydigan futbolchilarga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Axir, final o‘yini 29 mayga belgilangan, “Evro-2020” esa 11 iyunda boshlanadi. Shu sababli, futbolchilar qit’a chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga, Angliyada karantinda o‘tirishga majbur bo‘ladi.

Turetskaya Meditsinskaya Assotsiatsiya: Turtsiya mojet stolknutsya s «tsunami»  COVID-19, vvodyatsya novye ogranicheniya | Turisticheskie novosti ot Turproma

Agar UEFA Istanbuldagi finalni yana qoldiradigan bo‘lsa, bu Turkiya shahri uchun ketma-ket ikkinchisi bo‘ladi. Chunki Istanbuldagi final aslida 2020 yilda bo‘lishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli EChL o‘yinlari markazlashgan holda Portugaliyada o‘tkazildi va final Lissabon shahrida bo‘lib o‘tdi.

Endi Angliya tomoni ham finalga mezbonlik qiluvchi stadionni topishi kerak. Odatda hal qiluvchi o‘yinlarga mezbonlik qiladigan Londondagi “Uembli” stadionida shu kuni Chempionshipning pley-off finali o‘tkaziladi. Hozir EChL finalini qabul qilishi mumkin bo‘lgan 2 ta nomzod qoldi. Bular “Aston Villa” hamda “Tottenxem” stadionlaridir. Ammo Birmingemdagi stadionni zudlik bilan finalga hozirlash kerak bo‘ladi. Agarda London varianti tanlansa, bu tabiiyki “Chelsi” muxlislari uchun qulaylik yaratadi.

Maqolamiz yakunida musobaqa finalchilari – “Chelsi” hamda “Manchester Siti”ning hal qiluvchi bosqichgacha qanday etib kelganini yana bir bor eslatib o‘tishga qaror qildik. Demak, “aristokratlar” Chempionlar ligasini “E” guruhida boshladi va “Sevilya”, “Krasnodar” va “Renn” klublariga qarshi bahs olib bordi. Yakunda 14 ochko to‘plagan “Chelsi” o‘z guruhida 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Londonliklar 1/8 finalda “Atletiko”ni, 1/4 finalda “Portu”ni, 1/2 finalda “Real”ni musobaqadan chiqarib yubordi va finalga chiqdi. Chempionlar ligasining “C” guruhida “Portu”, “Olimpiakos” va “Marsel” klublariga qarshi kurash olib borgan “shaharliklar” 16 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi. “Manchester Siti” ushbu bosqichda “Borussiya” Myunxengladbaxni taslim qilgan bo‘lsa, 1/4 finalda “Borussiya” Dortmundni musobaqadan “uloqtirib” tashladi. Final ostonasida PSJ “tiz cho‘ktirildi”.

UEFA predstavil ofitsialnyy myach finala Ligi chempionov v Stambule

Ayni damdagi rasmiy ma’lumotga ko‘ra, “Chelsi” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi inglizcha final 29 may kuni Istanbuldagi “Otaturk” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!