Chempionlar ligasini kim yutadi?

  • 27 aprel, 2021, 13:57
  • 2
  • Futbol

Bugun Chempionlar ligasining yarim final bellashuvlariga start beriladi. G‘oliblik uchun da’vogarlar orasida faqatgina 4 ta klub – “Chelsi”, “Real”, “Manchester Siti” va PSJ qoldi. Keling, bugun biz EChLning joriy mavsumida qaysi jamoa g‘olib chiqishi mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Real Chelsi - prognoz na polufinal Ligi chempionov - stavki i koeffitsienty

Birinchi juftlik – “Chelsi” va “Real”

Bugungi "Real"ga baho berish qiyin. Zinedin Zidan jamoasi hozirda La Liga va Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashni davom ettirmoqda, ammo bu dunyoning millionlab muxlislari sevadigan yorqin “Real” emas. Ehtimol, bu jamoada Krishtianu Ronaldu kabi yulduz futbolchi etishmayotgani bilan bog‘liqdir. Eden Azar portugaliyalik futbolchining o‘rnini egallashi kerak edi, ammo jarohatlar fonida belgiyalik iqtidor egasi Madridda porlay olmayapti. "Qaymoqranglilar"ning hozirgi etakchilari o‘ttizdan oshdi, demak, avlodlar almashinuvi bu jamoa uchun og‘riqli bo‘lishi mumkin.

Hozirgi “Chelsi”ni ham yorqin jamoa deb bo‘lmaydi. “Aristokratlar” mavsum o‘rtasida Frenk Lempardni iste’foga chiqarishdi va uning o‘rniga Tomas Tuxelni olib kelishdi. Natijalar esa yomon bo‘lgani yo‘q. Jamoa hozircha barcha musobaqalarda muvaffaqiyatli o‘ynab kelmoqda.

“Real” va “Chelsi” o‘rtasida o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvlarda juda kam gol kiritilgan. Shu bois jamoalar bu safargi duelda ham katta ehtimol bilan ehtiyotkorona futbol namoyish etishadi. Ushbu juftlikda yaqqol favoritni aytish qiyin. Chunki “Real” Chempionlar ligasida juda katta tajribaga ega va eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa hisoblanadi, “Chelsi” esa Tuxel qo‘l ostida so‘nggi paytlarda juda ham ishonchli o‘yin namoyish etib kelmoqda. Biroq ushbu bosqichda Zinedin Zidan va Madrid jamoasi etakchilarining tajribasi muhim rol o‘ynashi mumkin. Aynan mana shu faktorlarni inobatga olib, “Real”ning finalga chiqish ehtimoli nisbatan yuqoriroq baholash mumkin.

PSJ-Manchester Siti | Prevyu "PSJ" - "Man Siti": gde smotret, sostavy,  novosti | Liga chempionov UEFA | UEFA.com

Ikkinchi juftlik – PSJ va “Manchester Siti”

Klub rahbarlari va muxlislari uzoq vaqtdan buyon PSJdan Chempionlar ligasida g‘alaba kutishmoqda. Bu normal holat, chunki Qatar shayxlari klubga katta sarmoya kiritdi va ularning ishtahasi ichki maydondagi g‘alabalar bilan cheklanib qolmasligi aniq. O‘tgan mavsumda PSJ Chempionlar ligasini yutishga juda ham yaqin kelgan edi. Ammo finalda ular tajribali "Bavariya"ga to‘qnash keldi va mag‘lub bo‘ldi. Bu safar frantsuz grandi o‘zining azaliy maqsadiga erishishga yana bir bor harakat qilib ko‘radi.

Xuddi shu gaplarni "Manchester Siti" haqida ham aytish mumkin. BAA shayxlari klubni katta miqdordagi pul bilan ko‘tardi va ular ham jamoaning Evropadagi g‘alabasini ko‘rishni istaydi. "Manchester Siti" Xosep Gvardiola qo‘l ostida Angliyada barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi, ammo “shaharliklar” 2016 yildan buyon birinchi marta Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi. Mankunianliklar, albatta, shu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. “Siti” hozir juda yaxshi formada. Ular so‘nggi besh oy ichida atigi 3 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi xolos.

PSJ va “Manchester Siti” tarkibida yulduz futbolchilar etarli. Biz bu o‘yinlarda ko‘plab gollar ko‘rishimiz mumkin. Natijalar safarda urilgan gollar evaziga hal bo‘lishi mumkin, huddi EChLning aksariyat hal qiluvchi bosqichlarida bo‘lgani kabi. Ushbu juftlikda favorit nomini aniqlash juda mushkul. Hammasini mayda detallar hal qilishi mumkin. Biz bu jamoalarning finalga chiqish imkoniyatini 50/50 deb baholaymiz.

Liga chempionov pereexala v Lissabon. Vse sygrayut v avguste, chetvertfinaly  i polufinaly – iz odnogo matcha - O duxe vremeni - Blogi - Sports.ru

Chempionlar ligasini kim yutadi?

Musobaqa finalchilarini aniqlash juda qiyin. Birinchi juftlikda biz “Real”ga yuqoriroq baho berdik, ammo ikkinchi juftlikda imkoniyatlar teng. Ko‘plab futbol mutaxassislarining fikricha, aynan PSJ va “Manchester Siti” juftligi g‘olibi yakunda EChL chempioniga aylanadi. Boisi, hozirgi PSJ va “Siti” ikkinchi juftlikdagi “Real” va “Chelsi”dan kuchliroq. Ushbu taxminlar qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bir oydan so‘ng bilib olamiz.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining final uchrashuvi 29 may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
27/04/2021 22:11
Зидан жамоаси Реал М оҳирида чемпион бўлса керак.
Super star
27/04/2021 15:48
AL HILOLNI FAQAT TEZLIK EVAZI BILAN YUTISH MUMKIN TOʻXTAMASTAN PRESIN QILISH KERAK SHUNDA XATO QILADI MANAMAN DEGAN JAMOA