Davron Fayziev terma jamoada Abramov o‘zgartirgan jihatlar va Kuper qattiqo‘llik qilgan holatlar haqida gapirdi

  • 8 oktabr, 2019, 15:31
  • 0
  • Futbol

“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining oxirgi sonida O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.

Unda ko‘rsatuv eksperti, O‘FA matbuot xizmati rahbati Davron Fayziev yig‘indagi ayrim holatlarni Vadim Abramov yumshatganiga e’tibor qaratdi va uni Ektor Kuper bilan solishtirdi.

1691570110120

- Terma jamoa yig‘inni yaxshi kayfiyatda olib bormoqda. Hozir formani kuchaytirib borish jarayoni ketmoqda.

Vadim Abramovni ko‘pchilik futbolchilar biladi. Avval terma jamoada ishlagan. U bilan klublarda birga faoliyat yuritganlar bor. “Lokomotiv” va “Bunyodkor”da qolaversa, raqib bo‘lib to‘qnash kelganlar o‘yinchilar ham mavjud. Ya’ni Abramov futbolchilarga begona odam emas. Ularda ko‘nikishimiz kerak degan narsa yo‘q. Buning ustiga Vadim Abramovning yonida Temur Kapadze bor. Kapadzeni futbolchilar aka, do‘st deb biladi. Go‘yo hech narsa o‘zgarmagandek. Faqat mashg‘ulotlar uslubi o‘zgardi, baribir Mirko Elichichning uslubi boshqacha.

241570110173

Yig‘innig ilk kunida boshqacha atmosferi bo‘ldi. Deyarli barcha OAV mashg‘ulotlarni yoritish uchun keldi. O‘zi ilk kuni mashg‘ulotlar ko‘p bo‘lgani yo‘q. Jurnalistlar maydon atrofida ko‘payib ketdi. Xatto OAV uchun mo‘ljallangan vaqt tugasa ham jurnalistlar futbolchilarning shug‘ullanish jarayonini oxirigacha tomosha qilishdi. Mana shunda ham faqr sezildi. Ektor Kuperda bu masala jiddiyroq edi. Ya’ni 15 daqiqa o‘tdimi jurnalistlarni chiqarib yuborilar edi. Ortiqcha intrevyu berilmasdi. Futbolchilardan intervyu ma’lum bir vaqtga va ayrim o‘yinchilargagina ruhsat berililardi. Abramov bu qoidalarni sal yumshatdi, - dedi Davron Fayziev.

281570110120

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!