Denis Istomin bugun kortga chiqadi

  • 28 aprel, 2019, 09:38
  • 0
  • Tennis
Germaniyaning Myunxen shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "BMW Open" turnirining saralash bahslari ikkinchi davrasi boshlandi.
 
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham ushbu bosqichda ishtirok etadi. Unda D.Istomin hindistonlik Prajnesh Gunnesvaranga qarshi kortga chiqadi.
 
Eslatib o‘tamiz, tennischimiz saralash bosqichining ilk davrasida germaniyalik Sedrik-Marsel Shtebeni 6:3, 7:6 hisobida taslim qilgan edi.
 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!