Deontey Uaylder Joshua jamoasi taklifini rad etdi

  • 15 aprel, 2020, 20:39
  • 0
  • Boks

Promouter Bob Arum amerikalik bokschi Deontey Uaylder pul kompensatsiyasi evaziga Tayson Fyuri bilan uchinchi jangidan voz kechmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq Entoni Joshua jamoasi Uaylderga jangdan voz kechishi uchun unga to‘lov taklif qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bu Joshuaga kelasi yil Fyuriga qarshi ringga chiqish imkoniyatini berardi.

"Bu variant emas. Uaylder yana Fyuri bilan jang qilmoqchi. U xech kimga bu jangdan bosh tortishi haqida gapirmagan. Biz Fyuri va Uaylderning uchinchi to‘qnashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”,- dedi Arum iFL TV bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz: Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi uchinchi jang yozda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli oktyabr oyiga qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!