Deontey Uaylder Rayan Garsiya va Jervonta Devisga qanday maslahat berishini aytdi

  • 20 aprel, 2023, 20:53
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘rtasidagi megajang oldidan ularga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz, degan savolga javob berdi.

“Agar men Devisning burchagida bo‘lganimda, unga bosim o‘tkazishni, diqqatini jamlashni va Garsiyaning himoyasini ochishni maslahat bergan bo‘lardim. Keyin u qanday zarba berishini ko‘rasiz. Agar men Garsiyaning burchagida bo‘lganimda, unga aqlli jang qilishni, ehtiyot bo‘lishni, qo‘llarini doimo yuqorida ushlab turishni, Devisning yuziga urishni va ikki yoki uch marta zarbadan keyin o‘ng qo‘llarini tashlashni aytgan bo‘lardim. Va har doim harakatda davom et, deya maslahat berardim”, - dedi Uaylder ESNEWS yutub kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Devis - Garsiya jangi 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!