Dmitriy Xudyakov: "Sedrik Dyuma Nursulton Ro‘ziboev uchun qo‘rqinchli raqib emas!"

  • 29 mart, 16:23
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, yurtimizning eng mashhur MMA jangchilaridan biri Nursulton Ro‘ziboev  31 mart kuni tongda UFCda 2-jangini o‘tkazadi. U AQSh vakili Sedrik Dyumaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Mazkur jang yuzasidan, sobiq MMA jangchisi, hozirda “Fight Baza” klubida ajoyib murabbiylik faoliyatini olib borayotgan Dmitriy Xudyakovning ushbu jang borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Albatta, bu jangga bo‘lgan qiziqish yurtimizda juda yuqori. Shu jumladan, men ham kutyapman. Endi jang borasida to‘xtalsak, bu to‘qnashuvda Nursultonning imkoniyati juda yuqori deb bilaman. Shunchaki, u bilan qadrdonligimiz yoki hamyurt ekanligim uchun aytmayapman. Haqiqatdan Nursulton undan ustun. Dyuma Nursulton uchun qo‘rqinchli raqib emas. Misol uchun, kurash tomonlama bosim, ajoyib sabmishenlarni unda kuzatmadim. Aksincha, Nursultonda uning uchun jiddiy “qurol”lar bor. Men o‘ylaymanki, Nursulton kamida yana bir bora takrorlayman kamida  hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonadi. Bu borada unga omad tilayman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!