Doston Tursunov: Abramov shaxsiy adovat tufayli meni terma jamoaga chaqirmagan

  • 28 avgust, 2021, 19:04
  • 2
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Srechko Katanets boshchiligida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Birinchi kunda Xitoy birinchiligida harakat qilayotgan legionerimiz Doston Tursunov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Toshkentga 13 avgust kuni etib kelgandim. So‘nggi o‘yinimni o‘tkazishim bilan bu erga shoshildim. Hozirda faoliyatimni Xitoy chempionatida davom ettirmoqdaman. Keyinchalik, yanada kuchliroq birinchilikka borish niyatim bor. 

Muammo doim va har erda bo‘lishi mumkin. Vadim Abramov bilan o‘rtamizdagi ziddiyat ham shunga o‘xshash holat. Bu murabbiyning pozitsiyasi. Meni terma jamoaga chaqirishsa, bor kuchim bilan o‘ynayman. Har bir mutaxassisning o‘z uslubi bor. Balki uning qarashlariga mos emasdirman.

U bilan gap talashib qolganmiz. Yoshlik qilib, Abramov bilan aytishib qolganman. Hozir u bilan muomalamiz yaxshi. Lekin meni nega terma jamoaga chaqirmaganini bilmayman. Shaxsiy adovati tufayli meni terma jamoaga chaqirmaganini noto‘g‘ri, deb hisoblayman. Bu adolatdan emas. Murabbiy terma jamoani birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim. Bu erda shaxsiy muammolar ikkinchi darajali.

Hozirgi kunda terma jamoamizning himoya chizig‘i yaxshi darajada. Rustam Ashurmatov bilan bir necha yil birgalikda o‘ynaganmiz. Islom Qobilov bilan ham tandemda o‘ynaganman. Muhimi, himoyada raqobat bor".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
29/08/2021 13:28
Фойдаси тегадиган футболчи. Абрамов шаҳсий адоватини устун қўйгани бу унинг айби.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
28/08/2021 19:21
kech bulsa ham chaqerilding. uka bu yogiga omad endi. sani oldinga har taraflama kuchli Husniddin Aliqulov bor. hozirgi kunga Uzbekistonga Husniddindan kuchli himoyachini kurmadim. sakrashiniki aytmasa ham buladi. manimcha Husniddin. yoqoriga sakrash buyicha. dunyoga kam sonli uyinchila. hohlasalariz uyinlarini kuringla.