Dzyuba o‘z rekordini o‘zi yangiladi

  • 14 oktabr, 2019, 11:05
  • 0
  • Futbol

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Kiprga (5:0) qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu gol Dzyuba uchun ushbu saralash bosqichidagi 9-gol bo‘ldi. Shu tariqa u Jahon va Evropa chempionatlari saralashlarida eng ko‘p gol urgan rossiyalik futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, bundan avvalgi rekord ham Dzyubaning o‘ziga tegishli edi. U Evro-2016 saralashida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kechagi g‘alabadan so‘ng Rossiya terma jamoasi muddatidan avval Evro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!