Dzyudo. "Masters"ning ikkinchi kunida ikkita medal qo‘lga kiritildi

  • 22 dekabr, 2022, 10:24
  • 0
  • Dzyudo

Isroilda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha "Masters" turnirining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Unda sportchilarimiz bittadan kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, -73 kg vazn toifasi finalida Shahram Ahadov braziliyalik Daniel Kargninga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, murosasiz kechgan bahsda Tokio Olimpiadasi sovrindori Kargninning qo‘li baland keldi va Ahadov musobaqani kumush medal bilan yakunladi.

Bronza medali uchun bellashuvda jamoamizning ikki nafar vakili - Obidxon No‘monov va Murodjon Yo‘ldoshev to‘qnash keldi. Mazkur qarama-qarshilikda Yo‘ldoshev qisqa fursat ichida g‘alabani o‘ziniki qildi.

Bugun "Masters" turnirining so‘nggi kungi bellashuvlari o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!